Yetakchi futbolchilar inqirozdagi jamoani yarim yo‘lda tashlab ketmoqchi
- 13-апрел, 06:59
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
Angliya Premier-ligasining an’anaviy kuchli jamoalaridan hisoblangan “Tottenxem” bu mavsum kutilmagan muammolarga duch keldi va ayni paytda quyi divizionga tushib ketmaslik uchun kurashmoqda.
The Touchline nashri ma’lumotiga koʻra, jamoaning bir necha yetakchi oʻyinchilari Chempionshipga tushib ketish xavfi sababli yozgi transfer oynasida klubni tark etish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Xavi Simons, Jeyms Meddison va Muhammad Qudus boshqa klubga oʻtish harakatini boshlab yuborgan.
“Tottenxem” rahbariyati vaziyatni oʻnglash uchun bir necha marta murabbiy oʻzgartirdi. Jamoani yuqoriga koʻtara olmagan Tomas Frank va Igor tudor oʻrnini 31 mart kuni Roberto De Dzerbi egalladi.
Italiyalik mutaxassis oldiga jamoani yuqori divizionda olib qolish va yuqori maqsadlar uchun kurasha oladigan tarkib shakllantirish vazifasi yuklangan.