
Eron chempionati. Bugun legionerlarimiz jamoalari o‘ynaydi
Bugun Eron chempionati 25-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.
4 may sanasida ikki legionerimiz harakat qilayotgan jamoalar o‘z o‘yinini o‘tkazadi. Xususan, Aziz Amonov harakat qilayotgan "Istiqlol" klubi "Sepaxon" maydoniga safar qiladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Sherzod Temirovning "Persepolis"i esa, o‘z uyida "Paykan"ni qabul qiladi. Mazkur qarama-qarshilik bizning vaqt bilan 21:10 da boshlanadi. Bugungi bahslar oldidan turnir jadvali quyidagicha ko‘rinish olgan.
Fikrlar