Erik ten Xag “Manchester Yunayted”dan norozi

  • 20 iyun, 2023, 18:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni Chempionlar ligasiga olib chiqqan Erik ten Xag yangi mavsum oldidan transfer rejalarini amalga oshira olmayapti.

Tecno

Xususan, klub rahbariyati bosh murabbiy so‘ragan Deklan Raysni jamoaga olib kela olmaydigan bo‘ldi.

Bunga sabab Gleyzerlar oilasi klubni sotuvga qo‘ygani bo‘ldi. Ayni paytda qatarlik bankir Jassis bin Hamad at-Taniy va “INEOS” kompaniyasi rahbari ser Jim Retkliff klubga egalik huquqini qo‘lga kiritish uchun o‘zaro kurashmoqda.

Milliarderlar raqobati transfer bozori yopilgunga qadar tugamaydigan ko‘rinadi. Bu holatda Erik ten Xag transfer rejalarini amalga oshira olmaydi.

Niderlandiyalik murabbiy ko‘zlayotgan “Vest Xem” yulduzi Deklan Rays raqib jamoa – “Arsenal”ga o‘tib ketishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!