
Engilmas jamoa topildi
“Tsrvena Zvezda” uy uchrashuvlarini mag‘lubiyatsiz o‘tkazish bo‘yicha jahon rekordini yangiladi.
Serbiyaning eng mashhur klubi 2018 yilning aprel oyidan beri o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida hali biror marotaba yutqazgani yo‘q.
Mag‘lubiyatsiz seriya 122 ta uchrashuvni tashkil qildi va yangi rekord sifatida qayd etildi. Avvalgi rekord natija “Real”ga tegishli edi.
Madridliklar 1957-1965 yillar davomida o‘z maydonida ketma-ket 121 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelgan.
Fikrlar