Endrik bitta ham o‘yin o‘tkazmay “Lion”da rekord o‘rnatdi
- 27-декабр 2025, 16:22
- Zohir Toshxo’jayev
- 0
- Futbol
“Real”da oʻyin amaliyotisiz qolib ketgan braziliyalik iqtidor egasi Endrik mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida Fransiya chempionatida ishtirok etayotgan “Lyon” klubida oʻtkazadigan boʻldi.
Lionliklar 19 yoshli hujumchni ijaraga olganini 23 dekabr kuni rasmiy eʼlon qildi.
Qiziqi shundaki, Endrik “Lyon”da hali bir daqiqa ham oʻynamay turib, klub tarixida iz qoldirdi.
Braziliyalik yulduzning “Lyon”ga oʻtishiga bagʻishlangan videokontent muxlislar orasida katta qiziqish uygʻotdi va klubning ijtimoiy tarmoqlari tarixida eng koʻp tomosha qilingan mahsulot sifatida rekord qayd etdi.
Bu haqida The Touchline X ijtimoiy tarmogʻida xabar berdi.
27 dekabr tongiga kelib, Endrik ishtirok etgan videorolik 1,1 milliondan ortiq koʻrildi va bu klub rekordi hisoblanadi.
Endrik “Lyon” safida 3 yanvar kuni, jamoa “Monako” mehmoni boʻladigan uchrashuvda debut qilishi kutilmoqda.