Emre Jan: "Ikki kun oldin plyajda edim"

  • 15 iyun, 2024, 18:27
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasining yarim himoyachisi Emre Jan Shotlandiya 5:1 xisobida mag‘lub etilgan o‘yindagi golidan so‘ng o‘z xis-tuyg‘ularini bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Ishonish qiyin bo‘lgan hikoya! Ikki kun oldin plyajda dam olayotgan edim. Chorshanba kuni menga qo‘ng‘iroq qilishdi. Faqat bir marobata jamoa mashg‘ulotida qatnashdim, xolos. Men Nagelsmann va uning murabbiylar shtabidan juda xursandman va minnatdorman», - dedi germaniyalik xavbek.

Jan kechagi o‘yinda 80 daqiqada maydonga tushdi va 90+3 daqiqada jamoasi uchun navbatdagi golni kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli futbolchi terma jamoaga yarim himoyachi Aleksandr Pavlovich jaroxatlanganidan so‘ng, o‘ning o‘rniga chaqirilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!