
Emiliano Martines: "Amerika kubogida Braziliya favorit edi, biroq..."
Argentina terma jamoasi futbolchisi Emiliano Martines Frantsiyaga qarshi Jahon chempionati final o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Amerika kubogida Braziliya favorit edi, bugun esa Frantsiya. Biz o‘zimizni hech kimdan ustun deb hisoblamaymiz. Ammo bizda dunyoning eng zo‘r futbolchisi bor.
Ertaga Messi o‘yin taqdirini hal qila oladi. Uning bugungi formasi Amerika kubogidagidan ancha yaxshi. Agar himoyada yaxshi o‘ynasak, hujumda ham ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘lamiz", - dedi "Aston Villa" posboni.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning yozida Argentina Amerika kubogi finalida Braziliyani 1:0 hisobida taslim etgandi. Yagona gol Anxel di Mariya tomonidan kiritilgan.
Frantsiyaga qarshi mundialning hal qiluvchi uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.
Fikrlar