Emeri "Arsenal"ga "Roma"da to‘p surayotgan sobiq shogirdini olib kelmoqchi

  • 13 aprel, 2019, 22:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Roma" klubi yarim himoyachisi Stiven N'Zonzi faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Daily Star nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli frantsiyalik futbolchi "Arsenal"ning qiziqishlar doirasiga kirib qolgan. Uni shaxsan “kanonirlar” ustozi Unai Emeri o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda.

Ta’kidlash kerakki N'Zonzi faoliyatining eng yorqin damlarini "Sevilya"da aynan Emeri qo‘l ostida o‘tkazgan.

O‘z navbatida "Roma" ham N'Zonzini sotib yuborishga tayyor. Unga shuningdek “Monako” klubi ham da’vogarlik qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, N'Zonzi uchun Angliya futboli begona emas. Boisi, u o‘z vaqtida "Blekbern Rovers" va "Stok Siti" kabi jamoalarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!