“El-klasiko” oldidan “Real”da bir emas, ikkita katta yo‘qotish

  • 24 oktabr, 2024, 17:57
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatning 26 oktyabrga belgilangan 11-turida “Real” o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi. 

Tecno

Nafaqat turning, balki butun mavsumning eng markaziy o‘yini hisoblangan ushbu bellashuvda madridliklar ikki nafar etakchi o‘yinchisi xizmatidan foydalana olmaydi. 

Chempionlar ligasining navbatdagi bahsida Dortmundning “Borussiya” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda madridliklar Golkiper Tibo Kurtua jarohat oldi. 
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, belgiyalik kiper o‘rtacha uch hafta vaqtini jarohatdan tiklanishga sarflashiga to‘g‘ri keladi. 

Bundan tashqari, dortmundliklar bilan o‘yinda “Real”ning braziliyalik hujumkor futbolchisi Rodrigo ham safdan chiqdi. U ham bo‘lajak “el-klasiko”da jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!