EChL "Barselona" so‘nggi marta qachon chorak finalda g‘alaba qozongandi?

  • 11 aprel, 2024, 03:02
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan dastlabki o‘yinlar o‘z nihoyasiga etdi. Unda "Barselona" PSJ mehmoni bo‘lib, 2:3 hisobida zafar quchdi. 

Shu tariqa, kataloniyaliklar 2019 yildan keyin ilk bor chorak finaldagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. O‘shanda klub "Manchester Yunayted"ni ikkala o‘yinda ham taslim qilgan. Messi dubl muallifiga aylangan bo‘lsa, Koutino bitta gol uradi. Shuningdek, Shou o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygandi. 

UCL: Messi progresses with Barcelona, Ronaldo crashes out with Juventus |  Premium Times Nigeria

Shundan keyin "Barsa"ni yarim finalda "Liverpul" to‘xtatadi. O‘sha mashhur kambek orqali Klopp shogirdlari finalga yo‘l oladi turnir g‘olibiga aylanadi. 

Kambek ta’sir qilgan ko‘rinadiki, keyingi mavsum kataloniyaliklarni "Bavariya" ayab o‘tirmaydi. 2021 yilda esa PSJ jamoani chorak finalga chiqishiga yo‘l qo‘ymagandi. Undan keyingi ikki mavsum jamoa uchun pley-off armonga aylandi. 

Shu tariqa, ketma-ket 4 mavsumdan keyin Xavi shogirdlari bu qora an’anaga chek qo‘ydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!