YECHL. "Atletiko" va PSJning yarim finaldagi raqibi kim bo‘ladi?
- 15-апрел, 02:35
- Muhammadqodir Ruzmatov
- 0
- Futbol
Yevropa Chempionlar ligasida yarim finalga chiqqan ikki jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Ular — PSJ va “Atletiko Madrid”.
Parijliklar chorak finalda “Liverpul”ni har ikki o‘yinda ham 2:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Endi ular yarim finalda “Real Madrid” — “Bavariya” juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladi.
“Atletiko Madrid” esa “Barselona”ni mag‘lub etib (2:0, 1:2), yarim finalga chiqdi. Diego Simeone shogirdlari keyingi bosqichda “Arsenal” yoki “Sporting” jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q