EChL 1/8 bosqichiga qur’a tashlandi. Juftliklar bilan tanishing

  • 16 dekabr, 2019, 16:25
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Shveytsariyaning Non shahrida EChL 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Tecno

Qur’adan avval pley-off ishtirokchilari ikkita savatchaga ajratilgan: birinchisida guruh g‘oliblari, boshqasida — guruhlarda ikkinchi o‘rinlarni egallagan jamoalar joylashgan.

Birinchi savatchada PSJ, «Bavariya», «Manchester Siti», «Yuventus», «Liverpul», «Barselona», «Leyptsig» va «Valensiya» o‘rin olgan. Bu jamoalar 1/8 finalda bir-birlariga raqib bo‘lmasliklari aniq.

Ikkinchi savatchada «Real», «Tottenhem», «Atalanta», «Atletiko», «Napoli», «Borussiya D», «Lion» va «Chelsi» bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, guruh g‘oliblari birinchi o‘yinni safarda o‘tkazishadi.

SpQubiki_1

* Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Shveytsariyaning Non shahrida EChL 1/8 final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi boshlandi. Ayni paytda guruh bosqich o‘yinlariga bag‘ishlangan rolik namoyish etilmoqda.

* Marosim boshlovchisi ushbu jarayonni ayollar futboli vakili Kelli Smit va final Istanbulda o‘tishini inobatga olib Hamid Oltinto‘pni sahnaga taklif qilindi. U ham marosimni olib boradi.

EL5zRWXWsAA5ckI

Juftliklar aniqlanmoqda...

"Borussiya D" - PSJ

"Real" - "Manchester Siti"

"Atalanta" - "Valensiya"

"Atletiko" - "Liverpul"

"Chelsi" - "Bavariya"

"Lion" - "Yuventus"

"Tottenxem" - "Leyptsig"

"Napoli" - "Barselona"

EL55rLRXkAA9Jl1

Shuning bilan 1/8 final bosqichiga qur’a tashlash marosimi yakunlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!