
EChL 1/4 final bosqichiga qachon qur’a tashlanishi ma’lum!
L’Équipe nashrining xabariga ko‘ra, 10 iyul kuni UEFA Evropa Chempionlar ligasining 1/4 final bosqichiga qur’a tashlash marosimini o‘tkazadi.
"Atalanta", "Atletiko", PSJ va "Leyptsig" chorak finalga chiqib bo‘lgan. Yana to‘rtta jamoa nomi 1/8 final bosqichining javob o‘yinlari natijalaridan keyin hal bo‘ldi.
Avvalroq, "Yuventus" - "Lion", "Barselona" - "Napoli", "Manchester Siti" - "Real" va "Bavariya" - "Chelsi" uchrashuvlari 7 va 8 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgandi.
Chorak finallar 12-15 avgust kunlari, yarim finallar - 18-19 avgust kunlari bo‘lib o‘tishi, final 23-avgustga belgilanganligi ham ma’lum qilingan.
Fikrlar