Dyumfris APLga ko‘chib o‘tishi mumkin!
- 22-апрел, 12:37
- Oybek Yo’ldoshev
- 0
- Futbol
"Inter" himoyachisi Denzel Dyumfris yozgi transferlar oynasida klubini oʻzgartirishi mumkin. Bu haqida "L’Interista" nashri xabar tarqatdi.
Manbaga koʻra, niderlandiyalik futbolchiga Angliya Premier-ligasining bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda. "Inter" allaqachon Dyumfrisga yiliga taxminan 5 million yevro maosh bilan yangi shartnoma taklif qilgan, ammo futbolchi hali javob bermagan.
"Inter" rahbariyati vaziyatdan xavotirda, chunki Denzelning shartnomasida atigi 25 million yevrolik tovon puli mavjud. "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" allaqachon futbolchini sotib olishga tayyor ekanligi daʼvo qilinmoqda.
Maʼlumot uchun, 30 yoshli himoyachi bu mavsumda barcha musobaqalarda 24 ta oʻyinda maydonga tushib, beshta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.