
Dyubua - Usik jangini yana bir bor ko‘rishimiz mumkin!
IBF og‘ir vazn toifasi vaqtinchalik kamar egasi Daniel Dyubuani amaldagi kamar sohibi Oleksandr Usikga rasmiy da’vogar etib tayinladi.
Dyubua og‘ir vazn toifasi vaqtinchalik chempioni hisoblanadi. U o‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan oqshomda Filipp Xrgovichni sakkizinchi raundda texnik nokaut evaziga mag‘lub etib, kamarni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot o‘rnida, Usik va Dyubua o‘tgan yilning avgust oyida jang qilishgan va unda to‘qqizinchi raundda ukrainalik erta g‘alabaga erishgan.
Fikrlar