Dunyoning eng qimmatbaho futbolchisi kim?
"Transfermarkt" portali dunyodagi eng qimmat futbolchilar reytingni e’lon qildi.
Nufuzli "Transfermarkt" portali versiyasiga ko‘ra, dunyoning eng qimmat 10 nafar futbolchisi nomi e’lon qilindi.
Eng narxi baland futbolchi maqomini 18 yoshli Lamin Yamal saqlab qoldi. "Barselona" vingeri hozirda 200 miilon evroga baholanmoqda. Ikkinchi o‘rinni birdaniga uch nafar futbolchi egallab turibdi. Ular Jud Bellingem, Erling Xoland va Kilian Mbappe hozirda bu futbolchilarning narxi 180 million evroni tashkil etadi. Keyingi o‘rinlarni Vinisius Junior (150 million evro), Jamal Musiala, Pedri, Bukayo Saka va Aleksandr Isak (140 million evro) band etgan. Jadvalni 130 million evro bilan Virts va Olise yopib beradi.



Fikrlar