
Drikus dyu Plessi hech kim uddalay olmagan natijani qayd etdi
O‘rta vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Drikus dyu Plessi promoushen tarixida vazn toifasidan qat’i nazar, eng yaxshi jangchilar reytingida ketma-ket to‘rtta raqibini mag‘lub etgan birinchi jangchiga aylandi.
Drikus bilan jang vaqtida Robert Uittaker 15, Israel Adesanya 13-o‘rinni egallagan edi. Birinchi bahs oldidan Striklend sakkizinchi, revansh oldidan esa 14-o‘rinda edi.
Eslatib o‘tamiz, Dyu Plessi oxirgi jangida amerikalik Shon Striklend ustidan hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.
Fikrlar