Dmitriy Bivolning keyingi raqibi kim?
- 24-феврал 2025, 18:45
- Ahmadbek Eshmatov
- 0
- Boks
Mutlaq jahon chempioni Dmitriy Bivol hamyurti Artur Beterbiev bilan revanshda g‘alaba qozongach ehtimoliy raqiblarini sanab o‘tdi.
"Kanelo, Artur Beterbiev va Devid Benavidesdan tashqari Kallum Smitni ham tilga olgan bo‘lardim. U ham kamarlarga davogar. Turki Al ash-Sheyx mendan kreyser vaznida jang o‘tkazishni taklif qildi. Bu ham bir variant" - dedi Bivol "Boxing News" You Tube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Bivoldan uchralgan mag‘lubiyat Beterbiev uchun faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q