
"Dinamo" o‘z maydonida Toshkent klubidan ochko oldi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Olimpik" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Dastlab, 35-daqiqada Marat Bikmaev aniq zarbasi bilan hisobni ochdi. Bo‘lim so‘ngida Ruslan Jiyanov 11 metrlik jarimadan yo‘llagan zarbasi evaziga muvozanatni tikladi.
Shu tariqa, "olimpiyachilar" ochkolari sonini 24 taga etkazib olgan holda, 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi. So‘nggi pog‘onadagi samarqandliklar 9 ochko jamg‘argan.
Fikrlar