"Dinamo" "Bunyodkor"ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi

  • 16 noyabr, 2024, 22:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

FIFA kunlari sababli Superligada yuzaga kelgan tanaffusdan foydalangan «Dinamo» jamoasi Toshkentda «Bunyodkor» jamoasiga qarshi nazorat bahsini o‘tkazdi.

Tecno

Ushbu o‘yinda har ikki jamoa murabbiylari bir qator futbolchilarga imkoniyat berishdi. Uchrashuvning 7-daqiqasida Markos Kayk hisobni ochgach, "Dinamo" g‘alabaga yaqin edi. Ammo 88-daqiqada Mirjahon Mirahmadovning goli mezbonlarni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi – 1:1.

Nazorat uchrashuvi. 16 noyabr
«Bunyodkor» - «Dinamo» - 1:1
Gol:
Mirjahon Mirahmadov 88 – Markos Kayk 7.
«Dinamo» (1-bo‘lim): Ravshanbek Yagudin, Jahongir O‘rozov, Muhammadali Tursunov, Dushan Miyich, Ulug‘bek Abdullaev, Frantsis Narh, Vohidjon Oqbo‘taev, Abubakr Muydinov, Xislat Xalilov, Markos Kayk, Firdavs Abdurahmonov.
«Dinamo» (2-bo‘lim): Farhod Rahmatov, Anvarjon Fayzullaev, M.Tursunov, Ulug‘bek Abdullaev, Vohidjon Oqbo‘taev, Ismoilov, Azizbek Ahmedov, Duglas Maykon, Sanjar Shoahmedov, Humoyunmirzo Iminov, F. Abdurahmonov.

"Dinamo" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!