Dilshod Komilov faoliyatini "Vodiy" klubida davom ettirishi mumkin!
- 28-ноябр 2025, 14:12
- Bilolbek Imomov
- 0
- Futbol
"Qizilqum" futbolchisi Dilshod Komilov yangi mavsumni Farg‘onaning "Neftchi" jamoasida boshlashi mumkin.
Saytimizga ma’lum bo‘lishicha, muzokaralar davom etmoqda. Futbolchining "Qizilqum" bilan shartnomasi esa o‘z nihoyasiga etgan va u ayni damda erkin agent maqomida bo‘lib turibdi.

Ma’lumot o‘rnida, Komilov bu mavsum "Qizilqum" klubi safida 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 marta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q