
Dibala "Roma"da qoladi
"Roma" a’zosi Paulo Dibala faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi kutilayotgandi. U "Al-Qodisiya" klubiga o‘tishga yaqin keldi, lekin futbolchi so‘nggi daqiqalarda jamoa taklifini rad qildi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Ma’lum bo‘lishicha, hujumchiga 3 yillik shartnoma uchun 75 million evrolik taklif berilgan. Ammo u Italiyada qolishga qaror qildi. Argentinalik forvardning o‘zi ham buni rasmiy sahifasi orqali e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Dibala "Roma"ga 2022 yili kelib qo‘shildi. U o‘tgan mavsum jamoasi tarkibida 39 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta golda ishtirok etdi. Futbolchining shartnomasi 2025 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar