
Diash: "O‘sha vaziyatdagi penalti hammasini o‘zgartirib yuborardi"
Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Ruben Diash Marokashdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bruno bilan bo‘lgan vaziyatni yaxshiroq o‘rganish uchun vaqt bo‘lmadi, lekin bu penaltidek tuyuldi. O‘sha vaziyatdagi penalti hammasini o‘zgartirib yuborgan bo‘lardi. Bu qiyin bo‘ldi, ammo biz davom etishimiz kerak", - dedi futbolchi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya nimchorak finalda Marokashga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, mundial bilan xayralashdi.
Fikrlar