
Denis Istomin "Prezident kubogi"ni g‘alaba bilan boshladi
- 19-июл 2022, 21:35
- Javokhir Azimov
- 0
- Tennis
Tennis bo‘yicha O‘zbekistonning eng mashhur raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘iston kortlari mezbonlik qilayotgan "Prezident kubogi"da qatnashmoqda.
Vakilimiz ilk bosqichda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqdi. Bellashuv Istominning 6:3, 3:6, 6:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Endi Denis 1/8 finalda Ukraina sharafini himoya qilayotgan Ilya Marchenko bilan bahs olib boradi.
Uchrashuv ertaga Toshkent vaqti bilan taxminan 10:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q