Dembele o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadi

  • 27 dekabr, 2022, 12:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning frantsiyalik hujumchisi Usmon Dembele Ispaniya chempionati navbatdagi turi doirasida «Espanol»ga qarshi o‘yinda maydonga tushmoqchi.

Tecno

Cope.es xabariga ko‘ra, frantsuz futbolchisi jahon chempionatidan keyin Kataloniya klubida mashg‘ulotlarni boshlash uchun bir necha kun avval ta’tildan qaytgan.

Hozir Dembele umumiy guruhda shug‘ullanmoqda va "Espanol"ga qarshi o‘yinda "ko‘k-anorranglilar"ga yordam berishga shay. Ushbu uchrashuv 31 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum Usmon Dembele Ispaniya chempionatida 14 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!