
Deku: "De Yong bilan muzokaralar olib boryapmiz"
"Barselona" sport direktori Deku Frenki de Yongning shartnomasi borasida gapirdi: "De Yong bilan muzokaralar olib boryapmiz. Klub undan, u esa klubdan mamnun. Yangi bitim borasida kelishib olamiz, deb o‘ylayman".
De Yongning ayni paytdagi sport formasi juda ham yaxshi. "Nyukasl"ga qarshi bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi doirasidagi uchrashuvda yarim himoyachining 87 ta pasidan 86 tasi sheriklari tomon aniq borgan.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik 28 yoshli fulbek bilan amaldagi shartnoma 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. "Barselona" futbolchini 2019 yili "Ayaks"dan 86 million evroga sotib olgan.
Fikrlar