
De Yongning jarohatdan tuzalish sanasi ma’lum bo‘ldi
Kataloniyaning "Barselona" jamoasida to‘p tepayotgan niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yong jarohati tufayli Ispaniya chempionatining navbatdagi turida "Valensiya"ga qarshi maydonga tushmasligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda insayder Aleks Pintanel xabar berdi.
Manbaning ta’kidlashicha, futbolchi UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichining birinchi turida Angliyaning "Nyukasl" jamoasiga qarshi o‘yinda "ko‘k-anorranglilar"ga yordam berishga tayyor bo‘ladi. Uchrashuv 18 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, de Yong Niderlandiya milliy terma jamoasi safida bo‘lganida jarohat olgan edi. Frenki joriy mavsumda Ispaniya chempionatining ikki o‘yinida ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakat ko‘rsata olmadi.
Fikrlar