De Dzerbi: "Shaxtyor" "Real" emas

  • 18 avgust, 2021, 13:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Shaxtyor" klubi bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi UEFA Chempionlar ligasi saralashidan o‘rin olgan "Monako"ga (1:0) qarshi dastlabki o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Shaxtyor” “Real” emas. "Shaxtyor"ning bugungi o‘rtacha yoshi 22,1 yoshda, “Monako” chempionatda uchinchi o‘rinni egalladi. Ular PSJni ikki marta mag‘lub etishdi. “Monako” o‘tgan mavsum chempion bo‘lishi ham mumkin edi.

UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqish uchun imkoniyat bormi? Bu g‘alabadan keyin hech narsa o‘zgarmadi. Bu juftlikda favorit yo‘q. Guruh bosqichiga chiqish uchun ikkinchi o‘yinda yaxshi o‘ynash kerak, lekin bu qiyin bo‘ladi, chunki “Monako” ham muvaffaqiyat qozonishni istaydi. "Shaxtyor" har qanday vaziyatda ham raqibni hurmat qilishi kerak”, - dedi De Dzerbi.

Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob bahsi 25 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!