
Davron Fayziev "Barsa"ning ketma-ket 2 mag‘lubiyati haqida: "Inqiroz? Xavi eplolmayapti? Stop!"
Ispaniya La Ligasi 32-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Kadis"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mashhur sharhlovchi Davron Fayziev kataloniyaliklarning ketma-ket ikki mag‘lubiyati haqida fikr bildirdi:
"Barselona" uyida "Kadis"ga 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Inqiroz? Xavi eplolmayapti? Stop! Otni qamchilamay turaylik. "Barsa" to‘rtlikka kirarmikan degan savol aktual bo‘lib turganiga hali ko‘p vaqt o‘tmadi. Xavi uzoq muddatli loyiha. Yarim mavsumda krizis holatidan chempionga aylantirish talabini qo‘yishga uyalgan bo‘lsa kerak rahbariyat ham. Shundayam muxlislarga sal umid bag‘ishlashgacha olib bordi. Xatolar hozir norm. Talab keyingi mavsum qo‘yiladi. Qolaversa, "Kadis" o‘zi shunaqa, toplarni qiynab turadi.
Faqat bir narsa, "Ayntraxt" voqeasida Xavi mehmon muxlislar keragidan ko‘payib ketgani, bu natijaga ta’sir qilgani, jamoaga ruhiy bosim bo‘lgani, bunda klub ham aybdorligini aytibdi. "Barselona" har qaysi stadionda, har qancha muxlis bilan, muammolarga qaramay "Ayntraxt"ni yutishi shart. Yutqazdimi, murabbiy buni o‘z zimmasiga olishi kerak. Qoidasi shu.
Boshqa savol yo‘q, Xavi yaxshi ishlamoqda".
Fikrlar