Chempion Sindarovni “O‘zbekiston xavo yo‘llari” tabrikladi!
FIDE Jahon kubogi g‘olibi Javohir Sindarov Vatan sari qaytayotgan parvozi chog‘ida ham e’tibor va ehtirom bilan kutib olindi.
“O‘zbekiston xavo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi ekipaji hamda vakillari samolyot bortida Sindarovni tabriklab, uning tarixiy g‘alabasini alohida qadrladi.
Parvoz davomida chempionga iliq tilaklar bildirilib, uning yutug‘i butun O‘zbekiston yoshlari uchun katta motivatsiya ekani ta’kidlandi.
Aviakompaniya jamoasi hamyurtimizga kelajakdagi musobaqalarda yorqin g‘alabalar, mustahkam sog‘liq va ulkan omad tiladi.



Fikrlar