Chempion jamoa PSJ yulduzlariga boshpana beradi

  • 30 iyun, 2022, 09:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Katta maqsadlarni ko‘zlayotgan PSJ tarkibni tozalashni davom ettiradi. Xususan, parijliklar yarim himoyachi Yulian Drakler¸ himoyachilar Abdu Diallo va Tilo Kerer bilan ham xayrlashishga qaror qilgan.

Tecno

Uch nafar o‘yinchini “Milan” o‘z safiga qo‘shib olishni istayapti.

Italiya chempionatida g‘olib chiqqan milanliklar kelasi mavsum Evropa Chempionlar ligasida munosib qatnashish uchun tarkibini kuchaytirmoqchi.

PSJning yangi sport direktori Luis Kampos klubga kerak bo‘lmay qolgan o‘yinchilardan tezroq qutilish va maosh fondini engillatish maqsadida bu uch futbolchining transfer narxidan “Milan”ga sezilarli chegirma qilib berishni mo‘ljallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!