“Chelsi” nishondagi uch futbolchini olish uchun sakkizta o‘yinchisidan voz kechadi

  • 26 mart, 2023, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Chelsi” rahbariyati yozda tarkibda katta o‘zgarish qiladi. Bosh murabbiy Grem Potter rejasiga kirmaydigan o‘yinchilar sotib yuborilib, ularning o‘rni yangi ijrochilar bilan to‘ldiriladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “aristokratlar” kamida 240 million funtni transferlarga yo‘naltirishni rejalashtirmoqda. Klub prezidenti Todd Byoli mashg‘ur o‘yinchilarni olib kelishga qiziqishi sir emas.

Manbalarning ta’kidlashicha, Byoli uch futbolchini tanladi. Unga ko‘ra, “Borussiya”ning 100 million funtdan qimmatga baholanayotgan yarim himoyachisi Jud Bellingam, “Aston Villa” kamida 60 million funt talab qilayotgan Deklan Rays va “Yuventus” 80 million funt so‘rayotgan Dushan Vlaxovich kelasi mavsumni “Chelsi” safida boshlashi kerak.

Bu transferlarni amalga oshirish uchun londonliklar sakkiz nafar futbolchini sotib yuborishni mo‘ljallayapti.

Ketadiganlar ro‘yxatida Meyson Maunt, Romelu Lukaku, Per-Emerik Obameyang, Hakim Ziesh, Eduar Mendi, Kristian Pulishich, Levi Kolvill, Ruben Loftus-Chik va Konor Gallaxer bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!