
“Chelsi” futbolchisini “Barselona”ga sotishga qarshi emas
Londonning "Chelsi" klubi himoyachisi Markos Alonso Kataloniyaning "Barselona" jamoasiga o‘tishi mumkin.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, agar futbolchi Ispaniya chempionatiga o‘ynashni istasa, londonliklar uni sotishga qarshi emas. Faqatgina "ko‘k-anorranglilar" ispaniyalik futbolchining tovon puli borasida “aristokratlar” bilan kelishib olishi kerak.
Alonsoning “Chelsi” bilan shartnomasi kelasi mavsum oxirigacha amal qiladi, shu bois ular 31 yoshli futbolchi uchun katta summa talab qilmaydi.
Ma’lumot o‘rnida, "Barselona" "Chelsi" sardori Sezar Aspilikuetani ham o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. Futbolchi yaqin kunlarda "ko‘klar" bilan kelajagini muhokama qiladi.
Fikrlar