“Chelsi” etti yil oldin ketgan o‘yinchini qaytaradi

  • 11 yanvar, 2022, 13:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoya chizig‘ida kutilmagan muammolarga duch kelgan “Chelsi” o‘zi tarbiyalagan chap qanot himoyachisi Rayan Bertrandni “Stemford Brij”ga qaytarishga qaror qildi.

Tecno

Iste’dodli futbolchi bundan etti yil oldin “aristokratlar” bilan xayrlashib, baxtini boshqa klublardan qidirib ketgandi.

Ayni paytda Bertrand “Lester Siti” sharafini himoya qilmoqda. Ungacha bu himoyachi “Sautgempton”da to‘p tepgan edi. Bertrand hozircha “tulkilar” jamoasidan ham asosiy tarkibga kira olmayapti.

“Chelsi” o‘z tarbiyalanuvchisini yanvar oyida ijaraga olib, mavsum oxirigacha uning xizmatlaridan foydalanishni rejalashtirmoqda.

“Lester” mutasaddilari zaxirada o‘tirgan futbolchidan tezroq qutilish maqsadida uni 5 million funtga to‘liq transfer qilishni so‘rayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!