"Chelsi" 2 yildan buyon maydonga tushmagan futbolchisiga yangi shartnoma taklif qilmoqchi

  • 15 iyun, 2020, 10:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi rahbariyati yarim himoyachi Marko van Ginkel bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Tecno

“Hozircha biz hech qanday kelishuvga erishmadik, ammo “Chelsi” menga ishonch bildirganidan xursandman. Hamma muzokaralarni agentim o‘tkazyapti”, - deydi gollandiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, “Chelsi” van Ginkelni 2013 yil “Vitess”dan 9,4 mln evro evaziga sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida u “aristokratlar” safida bor yo‘g‘i 4 ta o‘yinda maydonga tushdi xolos. Londonliklar uni “Stok Siti”, “Milan” va PSV kabi jamoalarga ijaraga berdi. U so‘nggi marta 2018 yilning may oyida maydonga tushgan edi. U Gollandiya terma jamoasida 8 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!