"Buxoro" ikki nafar o‘yinchisi bilan shartnomani bekor qildi

  • 11 iyul, 2024, 23:36
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada peshqadam bo‘lib turgan “Buxoro” klubi ayni paytda Tojikistonning Xo‘jand shahrida yozgi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, “Buxoro”ni ikki nafar futbolchi – Fozil Musaev va Shoxmalik Komilov tark etishdi. Ushbu o‘yinchilar bilan tuzilgan shartnomalar bekor qilindi.

Komilov chempionatda 10 ta o‘yinda maydonga tushdi. Kubok doirasida esa 4 ta bahsda 1 ta gol urdi. Musaev buxoroliklar tarkibida 6 ta bellashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi.

Eslatib o‘tamiz, ikkala o‘yinchi ham “Buxoro”ga mavsum boshida qo‘shilishgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!