SPORTS.UZ
  • LIVE - O'yinlar
  • Musobaqalar
  • Futbol
  • O'zbek sporti
  • Boks
  • Shaxmat
  • Minbar

O'YINLAR

Tugagan
Respublika
0 - 1
Kattaqurgon
RespublikaRespublika
KattaqurgonKattaqurgon
Tugagan
0
1
Tugagan
FarDu
0 - 2
Aral
FarDuFarDu
AralAral
Tugagan
0
2
Tugagan
Lochin
2 - 0
Gazalkent
LochinLochin
GazalkentGazalkent
Tugagan
2
0
Tugagan
Fiorentina
0 - 0
Sassuolo
FiorentinaFiorentina
SassuoloSassuolo
Tugagan
0
0
Tugagan
Genoa
0 - 2
Como
GenoaGenoa
ComoComo
Tugagan
0
2
Tugagan
Juventus
0 - 0
AC Milan
JuventusJuventus
AC MilanAC Milan
Tugagan
0
0
Tugagan
Torino
2 - 1
Inter
TorinoTorino
InterInter
Tugagan
2
1
Tugagan
Dinamo Moskva
2 - 0
Sochi
Dinamo MoskvaDinamo Moskva
SochiSochi
Tugagan
2
0
Tugagan
Dynamo Makhachkala
1 - 2
Krasnodar
Dynamo MakhachkalaDynamo Makhachkala
KrasnodarKrasnodar
Tugagan
1
2
Tugagan
Spartak Moskva
2 - 1
FK Nizjni Novgorod
Spartak MoskvaSpartak Moskva
FK Nizjni NovgorodFK Nizjni Novgorod
Tugagan
2
1
Tugagan
Zenit
2 - 0
Akhmat Grozny
ZenitZenit
Akhmat GroznyAkhmat Grozny
Tugagan
2
0
Tugagan
SC Freiburg
0 - 1
Borussia Dortmund
SC FreiburgSC Freiburg
Borussia DortmundBorussia Dortmund
Tugagan
0
1
Tugagan
VfB Stuttgart
0 - 1
Werder Bremen
VfB StuttgartVfB Stuttgart
Werder BremenWerder Bremen
Tugagan
0
1
Tugagan
Osasuna
0 - 1
Sevilla
OsasunaOsasuna
SevillaSevilla
Tugagan
0
1
Tugagan
Real Sociedad
1 - 1
Rayo Vallecano
Real SociedadReal Sociedad
Rayo VallecanoRayo Vallecano
Tugagan
1
1
Tugagan
Real Oviedo
1 - 2
Elche
Real OviedoReal Oviedo
ElcheElche
Tugagan
1
2
Tugagan
Villarreal
2 - 1
Celta de Vigo
VillarrealVillarreal
Celta de VigoCelta de Vigo
Tugagan
2
1
Tugagan
Galatasaray
3 - 0
Fenerbahçe
GalatasarayGalatasaray
FenerbahçeFenerbahçe
Tugagan
3
0
Tugagan
Nantes
0 - 1
Rennes
NantesNantes
RennesRennes
Tugagan
0
1
Tugagan
Le Havre
2 - 2
Metz
Le HavreLe Havre
MetzMetz
Tugagan
2
2
Tugagan
Nice
0 - 0
Olympique Marseille
NiceNice
Olympique MarseilleOlympique Marseille
Tugagan
0
0
Tugagan
Strasbourg
3 - 2
Lorient
StrasbourgStrasbourg
LorientLorient
Tugagan
3
2
Tugagan
LOSC Lille
0 - 0
Paris
LOSC LilleLOSC Lille
ParisParis
Tugagan
0
0
Tugagan
Porto
2 - 1
Estrela Amadora
PortoPorto
Estrela AmadoraEstrela Amadora
Tugagan
2
1
Tugagan
Sporting CP
1 - 1
AVS
Sporting CPSporting CP
AVSAVS
Tugagan
1
1
Tugagan
Sporting Braga
1 - 0
Santa Clara
Sporting BragaSporting Braga
Santa ClaraSanta Clara
Tugagan
1
0
Tugagan
Chelsea
1 - 0
Leeds United
ChelseaChelsea
Leeds UnitedLeeds United
Tugagan
1
0
Barcha o'yinlar

Musobaqalar

  • UEFA chempionlar ligasiUEFA chempionlar ligasi
  • OFK Chempionlar ligasiOFK Chempionlar ligasi
  • O'zbekistonO'zbekiston
  • AngliyaAngliya
To'liq jadval

FIDE reyting

№O'yinchiReyting
1GMCarlsen, Magnus2840
2GMNakamura, Hikaru2810
3GMCaruana, Fabiano2793
4GMAbdusattorov, Nodirbek2780
5GMKeymer, Vincent2762
6GMFirouzja, Alireza2759
7GMWei, Yi2754
8GMSo, Wesley2754
9GMGiri, Anish2753
10GMErigaisi Arjun2751
To'liq jadval
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
‌
Minbar
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Asror Aliqulov: "O‘ylaymanki, g‘alabaga xos o‘ynamaganligimiz uchun durang yuz berdi"
  • 26-апрел, 11:25
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Ilyos Zeytullaev: "Natija haqida gapirishni istamayman"
  • 25-апрел, 07:00
FutbolShuhratbek Jo’rayev
Islom Ahmedov: "Ochiği, g‘alabada hamma katta mehnat qilyapti"
  • 25-апрел, 06:55
Barcha bloglar

O'qing, qiziq!

Arteta Husanov bo‘yicha keskin fikr bildirdiFutbol
  • 26-апрел, 11:01
  • 0
Arteta Husanov bo‘yicha keskin fikr bildirdi
Gvardiola: “U oʻziga koʻproq ishonishi kerak”Futbol
  • 26-апрел, 02:27
  • 0
Gvardiola: “U oʻziga koʻproq ishonishi kerak”
Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishingFutbol
  • 26-апрел, 02:39
  • 0
Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing
“Siti” Gvardiolani o‘rniga keladigan murabbiy bilan kelishuvga erishdiFutbol
  • 26-апрел, 11:26
  • 0
“Siti” Gvardiolani o‘rniga keladigan murabbiy bilan kelishuvga erishdi
“Real”da mavsumdagi omadsizlik uchun aybdorlar topildiFutbol
  • 26-апрел, 02:17
  • 0
“Real”da mavsumdagi omadsizlik uchun aybdorlar topildi

Litsenziya

№1002

Ta'sischi

"RENDER SYSTEMS" MCHJ

Manzil

100047, Toshkent sh., Istiqbol ko'chasi, 15

Elektron pochta

info@sports.uz

Telefon

+998 71 233-78-98

Barcha xizmatlar litsenziyalangan, mahsulotlar sertifikatlangan. Sayt materiallarini har qanday shaklda tarqatishda sports.uz ga havola majburiy!

Sayt materiallarini ma'muriyat bilan kelishmasdan nusxalash taqiqlangan! Sayt ma'muriyati saytda joylashtirilgan reklama e'lonlari mazmuni uchun javobgar emas.

  • Google Play
  • App Store
SPORTS.UZSPORTS.UZ
  • Qoidalar
  • Reklama
  • Sayt haqida
  • 18+
"Bunyodkor" yangi futbolchilarini tanishtirdi. Klubning maqsadi aniq!
  • #FK Bunyodkor
  • #Ulug‘bek Mirzaev

"Bunyodkor" yangi futbolchilarini tanishtirdi. Klubning maqsadi aniq!

  • 9-март 2021, 22:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Bugun “Bunyodkor” tanishtiiruv va taqdimot marosimini o‘tkazdi. Marosimda klub direktori Ulug‘bek Mirzaev, bosh murabbiy Shuhrat Maqsudov, murabbiylar, futbolchilar, muxlislar va OAV xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda jamoaning yangi o‘yinchilariga liboslar topshirildi, shuningdek, klubning boshqa tashkiliy ishlari bo‘yicha ham ma’lumot berildi.

Ulug‘bek Mirzaev: - Assalomu alaykum! Xabaringiz bor, kuni kecha klubimizda rahbar almashdi. Bundan tashqari, bosh murabbiy ham o‘zgardi. Mavsumga tayyorgarligimiz yaxshi o‘tdi. Biz ishlashda davom etib, terma jamoamizga yaxshi futbolchilar tayyorlab berishga tayyormiz!

Klub marketing orqali bosh homiy beradigan pullardan tashqari, o‘zi mablag‘ ishlab topishni ham maqsad qilib qo‘ygan. Bu borada ishlar olib borildi. To‘g‘ri, pandemiyada korxonalar mablag‘larida, reklama uchun ajratilgan pullarda qisqarishlar bo‘ldi. Shunday bo‘lsa-da, bu bo‘yicha ishlar olib bordik. Taxminan 6-7 kompaniya bilan muzokaralar olib borilmoqda. Biz chiroyli o‘yinlar bilan barchani xushnud qilsak, hamkorlarimiz ham bu orqali o‘z kompaniyalari imidjini oshirib olishadi. Qo‘shimcha mablag‘lar evaziga biz futbolchilar oldidagi majburiyatlarimizni bajaramiz, akademiyadagi ishlarni davom ettiramiz, maydonni ta’mirdan chiqaramiz. Hali ishlar ko‘p. O‘ylaymanki, bu borada na’muna ko‘rsata olamiz.

bunyodkor taqdimot

Yangi mavsumda barcha futbolchilarga omad tilayman. Jamoa uchun tun-u - kun ishlayapmiz. Klub uchun jonimizni beramiz. O‘ylaymanki, eng yuqori vazifalarni bajarishga tayyormiz va buni amalga oshirish qo‘limizdan keladi.

Shuhrat Maqsudov: - Bildirilgan ishonch uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Jamoada bosh murabbiydan tashqari boshqa xodimlar ham bir musht bo‘lib ishlashi lozim. Agar ahillik bo‘lmasa, qanday murabbiy jamoani boshqarishidan qat’iy nazar natija bo‘lmaydi. Tarkibga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 99 foiz ishonamanki, qo‘l ostimizdagi futbolchilar bilan “Bunyodkor”ning avvalgi mavqeini qaytara olamiz. Lekin yana bir marta takrorlayman - qars ikki qo‘ldan chiqadi. Jamoamiz “Farg‘ona hokimi Kubogi” orqali yilni yaxshi boshladi. Umid qilamanki, bundan keyin ham barchasi yaxshi bo‘ladi. Har qanday holatda ham “Bunyodkor”ni qo‘llab-quvvatlab tursangiz, oldimizga qo‘ygan vazifani bajaramiz.

- Avval ham murabbiy sifatida ishlagansiz. Ammo endi siz bosh murabbiysiz. Bunday rolda ishlashga qay darajada tayyorsiz?

Shuhrat Maqsudov: - Bor e’tiborimni “Bunyodkor” bilan chempion bo‘lishga qarataman. Ammo, futbol jamoaviy o‘yin. Men bir o‘zim hech narsa qila olmayman. Biz birgalikda barcha maqsadni amalga oshiramiz. Anig‘i shuki, faqat hujumkor, muxlislarga yoqadigan o‘yin ko‘rsatamiz.

Taqdimot marosimi davomida klub mutaxassislari - Akbar Dadashev, Botir Parpiev, Shoaziz Shog‘iyosov va Aziz Taslimov bir qator masalalar bo‘yicha ma’lumot berdi. Akbar Dadashevga ko‘ra, “Bunyodkor” – “Mash’al” uchrashuvi chiptalari ertadan sotuvga chiqadi va narxi 15 ming so‘m. SIP toifadagi chiptalarning narxi esa, 40 ming so‘m etib belgilangan. Shuningdek, martabali mehmonlar uchun VIP taklifnomalar ham chiqarilgan.

bunyodkor taqdimot3

Botir Parpievning ma’lumotiga ko‘ra, PFLga topshirilayotgan “zayavka” elektron ko‘rinishda bo‘lyapti, QR kodli tizimdan foydalanilmoqda. Unda barcha ma’lumotlar jamlangan.

“Bunyodkor” bu yil Germaniyaning “Jako” brendi ostida liboslarda harakat qiladi. Jamoa ma’muri Shoaziz Shog‘iyosovning so‘zlariga ko‘ra, “Bunyodkor” aynan “Jako” brendi ostida so‘nggi chempionlikni qo‘lga kiritgan. Umid qilamizki, bu an’anani ushbu mavsum ham davom ettiramiz.

Superligada bu yil “Adidas” firmasining to‘plaridan foydalaniladi. Azizjon Taslimovga ko‘ra, bu to‘plardan Ispaniya Kubogi musobaqasida ham foydalanishmoqda.

“Adidas” to‘plari haqida jamoa sardori Lutfulla To‘raev va darvozabon Sarvar Karimov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Lutfullo To‘raev: - “Adidas” to‘plaridan ikki kundan buyon mashg‘ulotlarda foydalanyapmiz. Aslida bizga to‘pning farqi yo‘q. Futbolchilardan faqat futbol o‘ynash talab qilinadi. Oldimizga qo‘yilgan maqsadni jamoa bilan birlashgan holda amalga oshirishga harakat qilamiz. Oldimizga chempionlik maqsadini qo‘yamiz!

Sarvar Karimov: - To‘p jamoamiz a’zolariga yoqdi. Bu to‘plarda ko‘proq gol urib, kamroq gol o‘tkazishga harakat qilamiz.

Shavkat Imomov (“Bunyodkor” muxlislar klubi raisi): - “Bunyodkor”ga kelgan barcha futbolchilarga “Xush kelibsiz”, deb qolamiz. Biz muxlislar klubimizni hech qachon yolg‘izlatib qo‘ymaymiz. Buning uchun maydonda chiroyli o‘yin ko‘rsatib bersangiz kifoya. O‘yin vaqtida qo‘llash uchun chiroyli sovg‘alar tayyorlab qo‘yganmiz.

bunyodkor taqdimot4

Tadbirning ikkinchi qismida jamoaning yangi a’zolariga liboslari topshirildi. Unga ko‘ra, quyidagi futbolchilar o‘z liboslariga ega bo‘lishdi: Ravshan Yagudin, Dian Talxatov, Avazbek O‘lmasaliev, Sunnatilla Abdullajonov, Sanjar Rashidov, Odiljon Abdurahmonov (Qirg‘iziston), Bek Abdullaev, Ibrohim Tomiva (Nigeriya), Zafar Safoev.

bunyodkor taqdimot6

Yosh xonanda Ohunjon Sa’diev “Bunyodkor” nomli qo‘shig‘i bilan tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

"Bunyodkor" matbuot xizmati.

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q