"Bunyodkor" Rivaldo masalasini hal qildi

  • 1 aprel, 2024, 16:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

FIFA fevral oyida "Bunyodkor" klubi va futbolchilar Rivaldo hamda Denilson o‘rtasidagi ancha yillik nizo bo‘yicha qaror qabul qilgandi.

Unga ko‘ra tashkilot "Bunyodkor"ning Rivaldoga 8,1 million evro, Denilsonga 1,1 million evro to‘lash bo‘yicha qaror chiqargandi. Shundan so‘ng toshkentliklar rahbariyati bu masala yuzasidan ish olib bordi.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, "Bunyodkor" klubi Rivaldo masalasini o‘zaro kelishgan holda hal qildi. Rivaldo 8,1 million evro emas, balki undan kamroq summa olishga rozi bo‘lgan. "Bunyodkor" klubi bosh homiysi "O‘zbekneftgaz" Rivaldoga belgilangan summani kamaytirgan holda 3 yil bo‘lib to‘lab beradi.

Avvalroq, "Bunyodkor" bosh direktori Murod Aliev matbuot anjumanida Rivaldo va Denilson masalasi bo‘yicha summani kamaytirish ustida ish olib borayotganini aytib o‘tgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!