
Bukayo Saka xayrli ishga qo‘l urdi!
Bukayo Saka Turkiyadagi zilziladan jabr ko‘rgan 26 oilani uy-joy bilan ta’minladi.
Angliyalik futbolchi "BigShoe" xayriya loyihasi tomonidan uyushtirilgan aktsiyada ishtirok etib, Turkiya sharqidagi Adiyaman, Qahramanmaras va Malatyadagi oilalar uchun uy-joy pulini to‘lagan. Bu oilalar yotoq xonalari, yashash xonalari, oshxonalar va hammomlarni o‘z ichiga olgan konteynerlarga joylashtiriladi.
“Boshida tomi bor har bir kishi o‘zini omadli deb bilishi mumkin. Falokat bu odamlardan bor narsalarini oldi va bu ularning aybi emas. Ularga yordam bera olish va nimadir bera olish men uchun juda muhim”, - deydi “Arsenal” va Angliya terma jamoasi vingeri.
Fevral oyida Turkiya va Suriyada kuchli zilzila yuz berdi.
Fikrlar