Bugun UEFA Superkubogi uchun o‘yin bo‘lib o‘tadi. "Manchester Siti" "Sevilya"ga qarshi!

  • 16 avgust, 2023, 10:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Gretsiyadagi “Karaiskakis” stadionida Chempionlar ligasi va Evropa ligasi g‘oliblari o‘rtasida UEFA Superkubogi uchun bahs bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Shu kuni qit’aning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turniri g‘olibi bo‘lgan “Manchester Siti” Evropa ligasida zafar quchgan “Sevilya”ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “Sevilya” o‘z tarixida jami 6 marta UEFA Superkubogida ishtirok etgan va 2006 yilda ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan. “Manchester Siti” uchun esa ushbu bahs UEFA Superkubogi doirasidagi ilk o‘yin hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!