
Bugun Oston O‘runov jamoasi Premer-liga joriy mavsumidagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazadi
Bugun Rossiya Premer-ligasida so‘nggi, 30-tur bahslari bo‘lib o‘tadi. Ushbu tur doirasida "Ufa" o‘z uyida Tulaning "Arsenal"ini qabul qiladi.
Tulaliklar so‘nggi tur oldidan 23 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. "Ufa" esa 22 ochko bilan 14-o‘rinda. G‘alaba orqali O‘runov va uning jamoadoshlari 1 pog‘ona yuqorilash imkoniga ega bo‘ladi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 16:00 da start oladi.
Fikrlar