
Bugun Ispaniya superkubogi doirasida "Madrid derbisi" bo‘lib o‘tadi
- 10-январ 2024, 15:41
- 0
- Futbol
Bugun tunda Ispaniya superkubogining ilk yarim final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Unda Madridning ikki jamoasi "Real" va "Atletiko" final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Bellashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. O‘yin Saudiya Arabistonining Riyod shahrida bo‘lib o‘tadi.
Superkubok doirasidagi ikkinchi uchrashuv esa "Barselona" va "Osasuna" klublari o‘rtasida kechadi. Mazkur o‘yin ertaga tungi 00:00 da boshlanadi.
Izohlar (0)
Hozircha izohlar yo'q