Bugun Bundesliga yangi mavsumiga start beriladi. Evropa ligasi g‘oliblari Germaniya chempionlariga qarshi o‘ynaydi!

  • 5 avgust, 2022, 08:00
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Germaniya Bundesligasi 2022/2023 yilgi mavsumiga start beriladi. Kun doirasida bitta o‘yin bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Tecno

Unda chempionatning ikki kuchli klubi o‘zaro bahs olib boradi. "Ayntraxt" - "Bavariya" o‘yini yangi mavsumning ilk uchrashuvi bo‘ladi. Bellashuv 23:30 da start oladi.  

Ma’lumot o‘rnida, "Ayntraxt" o‘tgan mavsum Bundesligada 42 ochko bilan 11-o‘rinni egallagandi. "Bavariya" 77 ochko to‘plagan holda, chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!