
Bugun Bekxemning jamoasi tarixiy kun bo‘ldi
Angliyalik afsonaviy futbolchi Devid Bekxemga tegishli bo‘lgan va MLSda debyut mavsumini o‘tkazayotgan "Inter Mayami" bugun "Orlando Siti" ustidan 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu Bekxem jamoasining MLSdagi ilk g‘alabasi sifatida tarixga kirdi.
Mayamiliklarga g‘alaba keltirgan gollarga Xulian Karransa (dubl) va Rodolfo Pisarro mualliflik qildi.
"Inter Mayami" - "Orlando Siti" - 3:2 (2:1)
Gollar: Karransa, 12 - 1:0, Dayk, 18 - 1:1, Karransa, 23 - 2:1, Pisarro, 48 - 3:1, Nani, 80 - 3:2
Fikrlar