Bugun 9 nafar bokschimiz final yo‘llanmasi uchun ringga ko‘tariladi!
Xabaringiz bor, Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida o‘tkazilayotgan erkaklar o‘rtasida Jahon chempionatining yarim final bahslari ham start olmoqda. Ushbu bosqichga jamoamizdan 9 nafar bokschi etib keldi.
-54 kg: Asilbek Jalilov - Viacheslav Rogozin (Rossiya);
-60 kg: Abdumalik Xalokov - Artur Bazeyan (Armaniston);
-67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev - Alexandru Paraschiv (Moldova);
-75 kg: Fazliddin Erkinboev - Sabirjan Akkalikov (Qozog‘iston);
+92 kg: Arman Maxanov - Davit Chaloyan (Armaniston);
-51 kg: Hasanboy Do‘smatov - Rudolf Garboyan (Armaniston);
-57 kg: Xo‘janazar Nortojiev - Xusravxon Rahimov (Tojikiston);
-80 kg: Javohir Ummataliev - Arlen Lopez Kardona (Kuba);
-92 kg: To‘rabek Xabibullaev - Alfonso Dominges (Ozarbayjon);
Janglar Toshkent vaqti bilan 17:00 da va ikkinchi dastur 22:00 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.



Fikrlar