
Bugun 3 nafar kurashchi qizimiz jahon chempionatida ishtirok etadi
Xorvatiyada tashkil etilayotgan sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionatida bugun ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi saralash bosqichida gilamga chiqadi. Afsuski, kecha bahs olib borgan Aktenge Keunimjaeva hamda Ozoda Zaripboeva medallar uchun kurashni erta tark etishdi.
-53 kg: Shohida Ahmedova – Xaruna Okuno (Yaponiya)
-68 kg: Nabira Esenbaeva – Gabriela da Roxa (Braziliya)
-72 kg: Svetlana Oqnazarova – Aleksandriya Glaude (AQSh)
Fikrlar