Buffon nega PSJga o‘tganini aytdi

  • 14 oktabr, 2019, 09:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning "Yuventus" klubi darvozaboni Janluiji Buffon nega 2018 yilda PSJga o‘tishga qaror qilgani haqida gapirib o‘tdi.  Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Tecno

“Men o‘zimning qulay hududimdan chiqishim uchun Parij klubiga o‘tishim kerakligini sezdim. Biroq, u erda hammasi men o‘ylaganchalik chiqishiga ishonchim komil emasdi. Yakunda esa men yanada mukammal insonga aylandim.

Menga imkon bergani uchun PSJ ga rahmat aytmoqchiman. Agar u bo‘lmaganda, katta ehtimol bilan o‘tgan mavsum faoliyatimni yakunlashim mumkin edi”, - deydi 41yoshli italiyalik posbon.

Eslatib o‘tamiz, Buffon “Yuventus”dagi 17 yillik faoliyatidan so‘ng 2018 yilda PSJga o‘tgan edi. Biroq, oradan bir mavsum o‘tib u yana “keksa sinora” safiga qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!