
Bu xabar yolg‘on! "Chelsi"ga "Barsa" futbolchisi qiziq emas
"Chelsi" "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong xizmatiga qiziqish bildirmagan, deya yozmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning yozishicha, londonliklar niderlandiyalik futbolchi uchun 33 million evro taklif qilinganligi yolg‘on xabar. "Barsa" havbek borasida birorta rasmiy taklif olmagan.
"Chelsi" qishki transfer vaqtida himoyachi xarid qilishni rejalashtiryapti.
Ma’lumot uchun, 24 yoshli De Yong joriy mavsum 16ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urdi va 2ta golga assistentlik qilgan. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar