Bu qiziq. Azarni basketbolchilarni operatsiya qiladigan jarroh operatsiya qiladi

  • 3 mart, 2020, 17:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” Madrid klubi vingeri Eden Azar payshanba kuni AQShning Dallas shahrida to‘pig‘idan jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi.

Tecno

Belgiyalik futbolchi uchun aynan AQSh klinikasining tanlanishi ham bejiz emas. Gap shundaki uning operatsiyasini basketbolchilarni operatsiya qiladigan jarroh amalga oshiradi. Chunki, Azarning maydondagi harakatlari aynan basketbolchilarning harakatlariga o‘xshab ketadi.

Aytish lozimki Azarning o‘zi ham basketbolning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.  

Eslatib o‘tamiz, Azar jarrohlik amaliyotidan so‘ng uzoq muddat davolanishiga to‘g‘ri keladi va shu bois u bu mavsumda boshqa maydonga tusholmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!