
Bu jamoa 90 yil deganda chempion bo‘ldi
Belgiya chempionatida kutilmagan voqea yuz berdi. Milliy liganing so‘nggi turida “Yunion” jamoasi o‘z maydonida “Gent” futbolchtlarini 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Shu tariqa, “Yunion” ochkolari sonini 56 taga etkazib, birinchi o‘rinni naqd qildi va kelasi mavsum mamlakat chempioni sifatida Evropa Chempionlar ligasining asosiy guruhida ishtirok etadigan bo‘ldi.
“Yunion” chempionlikni 90 yil kutdi. Bu jamoa uchun 12-chempionlik unvoni bo‘ldi. “Yunion” chempionatdagi so‘nggi oltin medalini 1935 yili qo‘lga kiritgan edi.
Yakunlangan musobaqada “Yunion” mamlakatning an’anaviy grandlari – “Bryugge”, “Genk”, “Anderlext”dan o‘zib ketdi.
Fikrlar